12:00 / 16.12.2021
6343

«Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda har bir tashkilotning hissasi bo‘ldi

Joriy yilning 2 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda xayrli tashabbus ilgari surildi. Davlat rahbari «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishni taklif qildi.

Foto: Yashil makon

Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab ushbu tashabbus keng qo‘llab-quvvatlandi va barcha korxona-tashkilotlar, fuqarolar ham bu maqsadga o‘z hissasini qo‘shdi.

Foto: Yashil makon
Foto: Yashil makon

“Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyati «dolzarb 40 kunlik» doirasida chora-tadbirlarini belgilab oldi. Jamiyat kasaba uyushmasining yig‘ilish bayoniga asosan korxona va unga qarashli filiallar hududida hashar yo‘li bilan mevali-manzarali ko‘chatlar ekildi.

Foto: Yashil makon
Foto: Yashil makon
Foto: Yashil makon

Loyiha doirasida “Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Koson, G‘uzor, Muborak va Qarshi tumanlaridagi hududlarda ko‘chatlar ekildi. Hududlarda jami 1736 ta daraxt ko‘chatlari ekilib, nihollar parvarishiga mas’ul xodimlar biriktirildi.

“Koson DMQQ” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Top