08:23 / 17.12.2021
2724

O‘zbekistonda ikki oy ichida issiqlik tizimida 27ta avariya sodir bo‘ldi 

O‘zbekistonda so‘nggi ikki oy ichida issiqlik tizimida 27ta avariya sodir bo‘ldi. Aksariyat avariyalar sababi - elektr ta’minotidagi uzilishlar. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, avariyalarning 7 tasi ko‘p qavatli uylarning ichki tizimida, 7 tasi issiqlik tarmoqlarida, 3 ta tabiiy gaz ta’minoti bosimining pasayishi va 10 ta elektr energiyasi ta’minoti uzilishi natijasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi Ts-4 qozonxonasidagi uzilishdan boshqa sezilarli darajadagi avariya holatlari sodir bo‘lmadi. Hozirda barcha qozonxonalar bir maromda ishlayotgani aytildi.

Bildirilishicha, bugungi kunda 505 ta qozonxona va 3 704 km issiqlik tarmoqlari orqali, 614 577 ta xonadondan iborat 13 366 ta ko‘p qavatli uylar va 1 885 ta ijtimoiy soha obektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

Mavzuga oid
Top