17:59 / 17.12.2021
5039

Prokuratura organlari faoliyatiga oid xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

16 dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi anjumanlar zalida O‘zbekiston prokuraturasining 30 yilligi arafasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Foto: Bosh prokuratura

Xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, chet eldagi prokuratura organlari xizmatchilari, Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis, sud va huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston prokuraturasining o‘tmishi, buguni va ertangi kuniga oid masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokuratura tizimining uzoq yillik tarixi, bugungi qizg‘in hamda keng ko‘lamli faoliyatining o‘ziga xos rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tdi. 

Foto: Bosh prokuratura

Konferensiyada Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi prezidenti Chxol-Kyu Xvan, MDH davlatlarining bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ijrochi kotibi Vladimir Zimin, oliy sud raisi Kozimjon Komilov, adliya vaziri Ruslanbek Davletovlar so‘zga chiqdi.

Foto: Bosh prokuratura
Foto: Bosh prokuratura
Foto: Bosh prokuratura
80UKmT0tmTlUlnLNCaJyZxD8AEQh3Nvd.jpg (1280×853)
Foto: Bosh prokuratura

“Tadbir davomida “Prokuratura organlarining fuqarolar huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari himoyasini ta’minlashdagi roli” hamda “Prokuratura organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatidagi o‘rni” mavzularida parallel sessiyalar bo‘lib o‘tdi. Sessiyalarda xorijiy davlatlarning prokuratura organlari, o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, shuningdek milliy mutaxassislar hamda ekspertlar ma’ruza qildi. Sessiyalar doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar atrofida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi”, deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati rasmiy relizida

Foto: Bosh prokuratura
Foto: Bosh prokuratura
Foto: Bosh prokuratura
Foto: Bosh prokuratura

Qayd etilishicha, konferensiyaga tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar, tadqiqotchi va amaliyotchi xodimlar ham keng jalb qilinib, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqishda ilg‘or xorijiy tajribani hamda xalqaro mutaxassislarning tavsiyalarini o‘rganib chiqish belgilangan.

Top