20:14 / 17.12.2021
4567
Qorasuv ustidan o‘tuvchi ko‘prik rekonstruksiya uchun yopildi

Toshkent shahri hokimligi Qorasuv ustidan o‘tuvchi ko‘prik 2022 yil fevraliga qadar yopilgani haqida ma’lum qildi.

«Yashnobod tumani O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv ustidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Ta’mirlash jarayoni 2022 yilning fevral oyigacha (shu oyda ham) davom etadi. 

Shu munosabat bilan ko‘prik harakatlanish uchun yopildi. 

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni va noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top