20:00 / 17.12.2021
6240
Toshkent yoshlar forumining dasturi e’lon qilindi
Foto: Toshkent Yoshlar forumi-2021 direksiyasi

Toshkent Yoshlar forumi 2021 yil 20 dekabr kuni boshlanadi. Forum boshlangan kun Adliya, Turizm, Madaniyat, Xalq ta’limi va boshqa bir qator vazirliklar forum spikerlari bo‘lishadi. Yoshlar o‘zlarining takliflarini berishlari mumkin bo‘ladi va qiziqtirgan savollariga javob olishga imkoniyatlari bo‘ladi.

21 dekabr esa yosh yigit-qizlarni Investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat, Yoshlar ishlari agentligi faoliyatiga doir ochiq suhbatlar, IIBB va Milliy gvardiya xodimlari, blogerlar bilan ochiq muloqot, gender tenglik bilan bog‘liq masalalar muhokamasi kutmoqda.

Foto: Toshkent Yoshlar forumi-2021 direksiyasi

Forum doirasida tashkilotchilar xorijda ta’lim olish uchun grantlar ajratish dasturini ishga tushirish haqida e’lon qilib, qiziqarli tanlovlar o‘tkazishadi Forum biznesmenlar, viktorina, kino yulduzlari bilan fan-uchrashuv, modalar namoyishi, O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining konserti hamda boshqa voqealar bilan esda qolishi kutilmoqda. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi stipendiyasini o‘quvchi yoshlarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilining mantiqiy yakuni arafasida o‘tadigan Forum, o‘z navbatida amalga oshirilgan ishlar, ro‘y bergan o‘zgarishlarni muhokama qilish va yangi 2022 yilda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan qator yo‘nalishlarning rivojlanish istiqbollarida yoshlar ham o‘z fikr va takliflarini bildirishi uchun eng yaxshi imkoniyatdir.

Foto: Toshkent Yoshlar forumi-2021 direksiyasi

Forumda ishtirok etish va vazirlarga takliflarni yuborish uchun quyidagi Telegram-botdan foydalanish mumkin: t.me/toshkent21bot

Toshkent Yoshlar forumi-2021 direksiyasi matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top