11:11 / 17.12.2021
15538

Turdimov: «Bersang yeyman, bermasang ochlikdan o‘laman, deb yashamaslik kerak»

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyat hokimligi majlislar zalida samarqandliklarga murojaat qilmoqda. Murojaat davomida Turdimov aholi bilan uchrashuvlarda ko‘pchilik moddiy yordam so‘rashi haqida gapirib, bunday qarashni o‘zgartirish kerakligini aytdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

«Joylarga borganda ko‘pchilik moddiy yordam so‘raydi. Fuqarolar yordam olish uchun emas, yaxshi yashayotganlarga intilib yashashi kerak. Odamlarni shunga o‘rgatishimiz shart. Maosh olmayotganlarga moddiy yordam berilmaydi, bandlik boshqarmalari ularga ish taklif qiladi. Bersang yeyman, bermasang ochlikdan o‘laman, deb yashamaslik kerak.

Hozir mamlakatda yashash, ishlash uchun sharoitlar yaratilmoqda, shu sabab hammamiz harakat qilishimiz kerak. Ishlamoqchi bo‘lsangiz, bog‘ qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘qimoqchi bo‘lsangiz, marhamat, subsidiya beriladi. Hokim yordamchilari, sektor rahbarlari, adliya organlari kabinetda o‘tirmay odamlarning huquqiy bilimini oshirishi, mana shu narsalarni tushuntirishi kerak», deb Turdimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top