22:54 / 18.12.2021
5257

Filippinda sodir bo‘lgan tayfun 30dan ortiq insonning umriga zomin bo‘ldi

Tabiiy ofatni birinchi bo‘lib qabul qilgan Siargao oroli butunlay vayron bo‘lgani aytilmoqda, tayfun yetkazgan zarar miqdori 400 mln dollar deb baholanmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo

Filippinda sodir bo‘lgan "Ray" supertayfuni 31 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi Associated Press.

Mahalliy hokimiyatning bildirishicha, halok bo‘lganlar soni aniqlashtirilmoqda.

Tayfun epimarkazida shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan.

Tabiiy ofatni birinchi bo‘lib qabul qilgan Siargao oroli butunlay vayron bo‘lgani aytilmoqda, tayfun yetkazgan zarar miqdori 400 mln dollar deb baholanmoqda.

Dinagat provinsiyasi hokimiyatining ma’lum qilishicha, tayfun aholi maskanlarini yer bilan yakson qilgan. Shifoxonalarga jabrlanganlarni qabul qila olmaydigan darajada shikast yetgan.

Mavzuga oid
Top