07:25 / 18.12.2021
6957

Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilindi

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlariga 3 704 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi.

«O‘zsuvta’minot» xabariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:

  • Xorazm viloyatida – 910 ta;
  • Namangan viloyatida – 714 ta;
  • Toshkent viloyatida – 599 ta holat.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qonunbuzarliklar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga jami 35,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan respublika bo‘yicha 5 421 nafar jismoniy va yuridik iste’molchi jami 19,8 milliard so‘mlik qarzdorligi uchun suv ta’minoti tarmog‘idan uzilgan.

Top