10:55 / 18.12.2021
10441

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi yer silkinishi kuchi O‘zbekistonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:42 da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi qayd etildi.

Yer silkinishi koordinatalari: 40,09 gradus shimoliy kenglik; 70,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 150 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Beshariq tumanida 3 ball, 49 km;
  • O‘zbekiston tumanida 2-3 ball, 72 km;
  • Bekobod shahrida 2-3 ball, 72 km;
  • Furqat tumanida 2-3 ball, 73 km;
  • So‘x tumanida 2 ball, 83 km;
  • Bekobod tumanida 2 ball, 83 km;
  • Shirin shahrida 2 ball, 84 km;
  • Qo‘qon shahrida 2 ball, 87 km;
  • Dang‘ara tumanida 2 ball, 89 km.
Mavzuga oid
Top