10:37 / 19.12.2021
2558
Filippinda “Ray” to‘foni qurbonlari soni 75 kishigacha oshdi
Foto: AP

Filippinga yopirilgan Rai to‘foni qurbonlari soni 75 kishigacha oshdi, 300 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Avvalroq to‘fon oqibatida 31 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, bu hali yakuniy raqamlar emas, chunki mamlakatning ko‘plab viloyatlarida aloqa uzilgani sababli ba’zi joylardan to‘liq ma’lumot kelib tushmagan.

Eng ko‘p jabrlangan hududlarga harbiylar, politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar yo‘l olgan.

To‘fon elektr ta’minotida uzilishlar keltirib chiqargan, bu esa o‘z navbatida suv ta’minotida muammolarga olib kelgan.

Rai’ning asosiy zarbasini Siargao, Dinagat va Mindanao orollari qabul qilgan. Ayni vaqtda to‘fon Filippindan shimol tomon 240 km/soatgacha tezlik bilan uzoqlashmoqda. Biroq 36 soat davomida Filippinning Kalayan orollarida kuchli shamol saqlanib qoladi.

Hongkong meteorologik observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Ray” joriy yildagi 22-to‘fon bo‘ldi. U Tinch okeanining g‘arbida shakllangan. Prognozlarga ko‘ra, to‘fonning markazi 19 dekabrda Vetnamning Bindin provinsiyasi suv hududlariga ko‘chadi.

Mavzuga oid
Top