10:43 / 20.12.2021
19522
O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 21 dekabrda respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda: Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.

21-22 dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top