20:31 / 20.12.2021
1470
Samarqandda SEOJSB xodimlari 67 million so‘mlik laboratoriya jihozlari va yaroqli dori vositalarini chiqindixonaga tashlagani aniqlandi

2021 yil 18 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyat Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligini saqlash boshqarmasidagi ayanchli holat haqida videolavha tarqalgan. Boshqarma axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda ma’lum qilinishicha, boshqarma binosi yonida aholi yashash punkti joylashgani va mehmonxona yaqin bo‘lgani sababli, hozirgi kunda mufel pechi ishlatilmasdan, zararsizlantirilgan tibbiy chiqindilar (utilizatsiya) yo‘q qilish uchun shartnoma asosida olib chiqib ketilmoqda.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida ishchi guruh tomonidan o‘rganish jarayoni davom etayotgan bir paytda virusologiya laboratoriyasi mudirasi O.Yu. va laborant O.N. tomonidan yaroqlilik muddati 2022–2024 yilgacha bo‘lgan umumiy qiymati 67 million so‘mlik laboratoriya jihozi va reagentlar chiqindixonaga chiqarib tashlab yuborilgani aniqlangan.

Mazkur vositalar prezident tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida budjet va pulli xizmat mablag‘lari hisobidan ajratilgan bo‘lib, jumladan PsR va IFA usulida aniqlanadigan reaktivlar hamda ekspress-testlar, diagnostikum, reaktiv va boshqa dori vositalarini tashkil etgan.

Kichik tibbiy xodim X.L.ning tushuntirishicha, u yaroqli dori vositalari va jihozlari bo‘lim mudiri O.Yu.ning topshirig‘iga asosan tibbiy chiqindilarni yig‘ish xonasiga va maishiy chiqindilarni tashlash konteyneriga olib chiqib tashlangan.

Virusologiya laboratoriyasi mudirasi O.Yu. va laborant O.N. tomonidan faoliyati davomida SSVning amaldagi buyruqlari qo‘pol ravishda buzilgan holda, qilingan noqonuniy xatti-harakatlariga asosan 102 xizmati chaqiruv raqamiga xabar berilgan.

Xabarga asosan, hozirgi kunda Samarqand shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergovga qadar surishtiruv ishlari oxiriga yetmagani sababli zararsizlantirilgan tibbiy chiqindilar orasida bo‘lgan yaroqli dori vositalarining chiqib qolishi mumkinligi inobatga olingan holda saqlab turilgan.

Qayd etilishicha, ashyoviy dalillar ajratib olingandan so‘ng chiqindilar belgilangan tartib asosida (utilizatsiya) yo‘q qilingan.

Qayd etilishicha, hozirda Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan viloyat SEO va JSBda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha huquq va sud organlari tomonidan qonuniy yechim topilgach, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Mavzuga oid
Top