14:54 / 20.12.2021
4406
Uzbekistan Airways talabalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Ushbu chegirma 28 dekabrdan 10 yanvargacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz

Talabalar joriy yilning 28 dekabridan 2022 yilning 10 yanvarigacha Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlariga chiptalarni 50 foiz chegirma bilan xarid qilishlari mumkin. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lumot bermoqda.

«O‘z shahridan uzoqda joylashgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar 28 dekabrdan 10 yanvargacha Uzbekistan Airways ichki aviaqatnovlariga chiptalarni 50 foiz chegirma bilan xarid qilishlari mumkin», – deyiladi xabarda.

Top