21:26 / 22.12.2021
5325
Shri-Lanka Erondan neft uchun qarzini choy bilan uzishni taklif qildi

Shri-Lankaning qarzi 251 mln dollarga yaqin. Ammo Eronga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalar bu mamlakat banklariga pul o‘tkazish imkonini bermaydi.

Foto: Getty Images

Shri-Lanka hukumati Eron yetkazib bergan neft uchun qarzini choy bilan uzishni taklif qildi. Bu haqda respublika plantatsiyalar vaziri Ramesh Pathiranga tayanib BBC News xabar berdi.

Shri-Lanka neft uchun Erondan 251 mln dollarga yaqin qarz bo‘lgan. Ammo ikkita sabab tufayli qarzni uzish masalasida muammo mavjud. Birinchidan,Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar kiritilgani sababli bu mamlakat banklariga pul o‘tkazish imkoni yo‘q. Choy esa BMT tomonidan birinchi ehtiyoj mahsulotlari toifasiga kiradi va uni Eronga eksport qilish xalqaro qonunlarga zid bo‘lmaydi. 

Ikkinchidan, Shri-Lanka turizm sohasidagi inqiroz bois jiddiy valuta inqirozini boshidan kechirmoqda. Dollar emas, choy bilan hisob-kitob qilish mamlakatga xorijiy valutani tejash imkonini beradi.

Shri-Lanka Eronga har oyda 5 mln dollarlik choy yetkazib berishni taklif qilmoqda. 

Mamlakatda yiliga 340 mln kgga yaqin choy ishlab chiqariladi.

Top