18:40 / 23.12.2021
8929

AQSh razvedkasi Saudiya Arabistoni Xitoy yordamida ballistik raketalar ishlab chiqaryapti deb hisoblamoqda

Qayd etilishicha, qirollik hududida ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi kamida bitta korxona mavjud.

Foto: AP

AQSh razvedkasi Saudiya Arabistoni Xitoy yordamida ballistik raketalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanyapti deb hisoblamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib CNN xabar berdi.

Manbalarning ma’lumot berishicha, ilgari Saudiya Arabistoni bunday raketalar ishlab chiqarmagan, balki Xitoydan sotib olgan.

Telekompaniya shuningdek, sun’iy yo‘ldoshdan olingan fotosuratlarga tayanib qirollik hududida ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi kamida bitta korxona borligini ta’kidlagan.

Foto: CNN

Yadroviy siyosat bo‘yicha qator ekspertlarning fikricha, bu holat Eronni o‘z yadroviy dasturini faollashtirish va qurolsizlanish g‘oyasidan voz kechishga undashi mumkin.

Top