14:49 / 23.12.2021
5803
Hindiston bir sutka ichida ikkinchi marta “yer-yer” sinfidagi raketani sinovdan o‘tkazdi

22 dekabr kuni Hindiston mudofaa sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti Abdul-Kalam orolida Pralay raketasini sinovdan o‘tkazgandi.

Hindiston bir sutka ichida ikkinyai bor “yer-yer” sinfidagi Pralay raketasi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib ANI agentligi xabar berdi.

“Bugun Hindiston 150-500 kilometr masofadagi nishonni yo‘q qiluvchi Pralay raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu sutka davomidagi ikkinchi muvaffaqiyatli sinovdir”, — degan agentlik manbalari.

Qayd etilishicha, raketa sinov davomida barcha vazifalarni bajargan.

22 dekabr kuni Hindiston mudofaa sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (DRDO) Abdul-Kalam orolida Pralay raketasini sinovdan o‘tkazgandi.

Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx DRDO’ni raketaning muvaffaqiyatli sinovlari bilan tabriklagan va tashkilotga minnatdorlik bildirgan.

Mavzuga oid
Top