16:44 / 23.12.2021
32078
Putin Rossiyani parchalashning yagona yo‘lini aytdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyani yengib bo‘lmaydi, uni faqatgina ichidan parchalash mumkin”.

Foto: AP

Rossiyani yengib bo‘lmaydi, uni faqatgina ichidan parchalash mumkin, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida.

Bi-bi-si rus xizmati muxbiri Pyotr Kozlov Putinga tashkilot va OAVlarni xorijiy agent deb e’tirof etish holatlari soni keskin o‘sishi nima bilan bog‘liqligi va u o‘z harakatlari bilan bo‘lajak urush va inqiloblar uchun zamin yaratayotganidan xavfsiramayotgani to‘g‘risida savol berdi.

«Tarix haqida gapiradigan bo‘lsak, raqiblarimiz asrlar davomida aytib kelgan so‘zlarni eslatib o‘tmoqchiman. Rossiyani yengib bo‘lmaydi, uni faqatgina ichidan parchalash mumkin. Bu Birinchi jahon urushi davrida – aniqrog‘i, uning natijasida va 90-yillarda, sovet ittifoqini parchalashganida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan», — dedi Putin.

23 dekabr kuni Vladimir Putin o‘zining 17-matbuot anjumanini o‘tkazdi. Bu yilgi matbuot anjumanida qatnashish uchun 500dan ortiq jurnalist ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘tgan yilgi matbuot anjumani 4 soat 29 daqiqa davom etgan.

Top