22:54 / 24.12.2021
9334

Pashinyan Armaniston Ozarboyjonning YeOIIga kirishiga qarshi bo‘lmasligini aytdi 

Armaniston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, qator masalalar bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish lozim. 

Foto: RIA Novosti

Agar mintaqaning tinch rivojlanishiga yordam beradigan bo‘lsa, Armaniston Ozarboyjonning YeOIIga kirishiga qarshi bo‘lmaydi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

"Agar bu qadam kun tartibimizga hissa qo‘shsa, ya’ni mintaqaning tinch rivojlanish davrini boshlab beradigan bo‘lsa, albatta Armaniston Ozarboyjonning YeOIIga kirishiga qarshi bo‘lmaydi", - dedi Pashinyan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qator masalalar bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish lozim.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni Rossiya va Eron, Ozarboyjonni o‘z anklavi - Naxichevan avtonom respublikasi bilan bog‘laydigan temiryo‘l qurishga kelishib olishgani xabar qilingandi.

Top