10:37 / 25.12.2021
11536

Farg‘ona shahar hokimi Mahallabay ishlash agentligi direktori etib tayinlandi

Mirzohid Ubaydullayev O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Mirzohid Ubaydullayev 1976 yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan.

U o‘z faoliyatini 1999 yilda Farg‘ona shahar Qirguli tuman hokimligi moliya bo‘limi budjet bo‘yicha iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2005 yildan Farg‘ona viloyati G‘aznachilik boshqarmasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan. 2014-2015 yillarda Farg‘ona viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2015- 2016 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2016-2020 yillarda - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar hokimi. 2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirzohid Ubaydullayev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri hokimi lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid
Top