17:00 / 25.12.2021
23927

“Ikki karra internet” aksiyasi – UZTELECOM abonentlari uchun yangi yil arafasida juda ham ko‘p mobil internet taqdim etmoqda!

Milliy operator GSM mobil abonentlari uchun sevimli bo‘lishga ulgurgan “Ikki karra internet” aksiyasini yana boshlaydi. E’tiboringizda hamyonbop va ikki barobarli imtiyozga ega cheklangan maxsus internet-paketlar!

Foto: UZTELECOM

Shubhasiz, yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotganda, ko‘pchiligimiz zamonaviy internet yordamiga tobora ko‘proq murojaat qilmoqdamiz – sovg‘alar, xaridlar, qiziqarli joylar va boshqa muhim narsalar haqida har qanday ma’lumotni bir necha daqiqada olishni osonlashtiradigan qudratli va hamma narsani bilguvchi yordamchimizga. Shunday qilib, eng faol internet foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy operator “Ikki karra internet” aksiyasini qaytadan ishga tushirmoqda!

2021 yil 7 dekabrdan 2022 yil 7 yanvargacha bo‘lgan davrda UZTELECOMning GSM abonentlari 1, 1,5 va 3 GB nominalli maxsus aksiyaviy internet-paketlaridan birini qulay narxlarda ulash va ikki barobar ko‘proq internet-trafik olish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar! 1,5 GB uchun to‘lab, ushbu miqdordagi pul evaziga 3 GB olish – bularning hammasi UZTELECOMdan yangi yil arafasidagi “Ikki karra internet” aksiyasining tuhfalari!

Aksiyada GSM tarmog‘ining jismoniy abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur aksiyaga ulanish faqatgina UZTELECOM savdo ofislarida yoki koll-markaz operatorlari yordamida, maxsus USSD-buyruq yoki SMS-xabar yuborish orqali mumkin. Ushbu aksiyaviy internet-to‘plamlariga dilerlik xizmat ko‘rsatish punktlari orqali ulanish ham jismoniy va yuridik abonentlar uchun yopiq.

Jismoniy shaxslar uchun to‘plamni faollashtirish:

Foto: UZTELECOM

Aksiyaviy internet-to‘plamini faollashtirgandan so‘ng, operator tomonidan har bir abonentga to‘plam ulanganligi va uning holatini tekshirish usuli to‘g‘risida SMS-xabar keladi.

UZTELECOMdan “Ikki karra internet” – internet ko‘proq bo‘ladi!

UZTELECOM – milliy operator.

Batafsil ma’lumot: uztelecom.uz/yangiliklar

Yagona koll-markaz: 1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top