11:59 / 26.12.2021
6637

“Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi

Foto: IIB axborot xizmati

“Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda dovon yo‘lidagi muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib, zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

"Haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib, transport vositasini boshqarishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top