18:01 / 27.12.2021
16646
Farahbaxsh, ammo umri qisqa – qorli Toshkentdan fotoreportaj

Butun dunyoga ta’sir qilayotgan iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonda ham o‘z so‘zini aytmoqda. Yurtimizga qish kirib kelganiga bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, doimiy ravishda quruq ob-havo kuzatilmoqda. Kuz oxirida kuzatilgan chang bo‘ronlari ham ahvol naqadar yomonlashayotganini ko‘rsatib qo‘ydi. 

Mutaxassislar aslida so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda qish deyarli bo‘lmagani, Markaziy Osiyodagi harorat ko‘p yillik iqlimiy me’yorlardan 2 darajaga isiganini ta’kidlamoqda. Global miqyosdagi harorat ko‘tarilishi davom etmoqda… 

Foto: Kun.uz / Farrux Absattarov

Dam olish kuni poytaxt va respublikaning qator hududlarida yog‘gan qor, bu xavotirlarni biroz bo‘lsa-da ortga surdi. 

Foto: Kun.uz / Farrux Absattarov

Xususan, Toshkentda ertalab yog‘a boshlagan qor yiriklashib - laylakqorga aylandi va ko‘p o‘tmay butun shaharni oqlik qopladi.

Foto: Kun.uz / Farrux Absattarov

Kun.uz muxbiri hali qorlari erib ulgurmagan Toshkentdan fotoreportaj taqdim qildi.

Daraxtlar va ayrim binolar ustida qor qolgan bo‘lsa-da, bir kun o‘tib yer yuzini qoplagan qorlar erib ulgurgan.

1W9B1CBRm_YywY-L-QIk0nVAy52A1AGi.jpg (1280×853)

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, endi O‘zbekistonda yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq bo‘ladi.

Suratlar muallifi Farrux Absattarov

Top