23:34 / 27.12.2021
8629
Globe Soccer Awards. Mbappe - yilning eng yaxshi o‘yinchisi, Manchini - eng yaxshi murabbiy. Boshqa nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi

Dubayda Globe Soccer Awards marosimi bo‘lib o‘tdi va unda bir qator nominatsiyalarda 2021 yilning eng yaxshilari aniqlandi.

Foto: Reuters

Fransiya milliy jamoasi bilan Millatlar Ligasida, «PSJ» safida mamlakat Kubogida g‘olib bo‘lgan hujumchi Kilian Mbappe yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eng yaxshi futbolchi bo‘lishi kutilgan hujumchi Robert Levandovskiga («Bavariya»/Polsha) Maradona sovrini va Tik-tok obunachilari talqiniga ko‘ra yil futbolchisi mukofoti topshirildi.

Foto: twitter.com

Italiya milliy jamoasi bilan Yevropa chempionatida zafar quchgan Roberto Manchini eng yaxshi murabbiyga aylandi.

Foto: Globe Soccer Awards

Barcha nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishing:

  • Eng yaxshi futbolchi — Kilian Mbappe («PSJ»/Fransiya);
  • Eng yaxshi murabbiy — Roberto Manchini (Italiya);
  • Tik-tok obunachilari talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi — Robert Levandovski («Bavariya»/Polsha) 
  • Eng yaxshi himoyachi — Leonardo Bonuchchi («Yuventus»/Italiya) 
  • Eng yaxshi darvozabon — Janluiji Donnarumma («PSJ»/Italiya) 
  • Eng yaxshi klub — «Chelsi» (Angliya) 
  • Eng yaxshi milliy jamoa — Italiya
  • Maradona sovrini — Robert Levandovski («Bavariya»/Polsha) 
  • Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari — Krishtianu Ronaldu («MYu»/Portugaliya)
  • Faoliyati uchun — Ronaldino (Braziliya)
  • Eng yaxshi sport direktori — Chiki Begiristayn («Manchester Siti»)
  • Eng yaxshi agent — Federiko Pastorello
Mavzuga oid
Top