22:55 / 27.12.2021
5002

Xitoyning Sian shahrini koronavirus sababli dezinfeksiya qilishga qaror qilindi

Xitoyning aholisi 13 mln kishilik Sian shahri (Shensi provinsiyasi) koronavirus tarqalishi sababli dezinfeksiya qilinadigan bo‘ldi. Bu haqda shahar ma’muriyatiga tayanib China Daily nashri ma’lum qildi.

Oxirgi 3 kunda shaharda kunlik kasallanish holatlari soni 3 marta oshgan. Shu sababli koronavirusga qarshi kurashish mahalliy markazi shaharda dezinfeksiya ishlarini o‘tkazishga qaror qilgan.

Shaharda lokdaun kiritilgan, ko‘chalarda zararsizlantiruvchi moddalar sepila boshlangan. Hokimiyat odamlarni uylari oynalarini yopiq saqlashga va ko‘chada ehtiyotkorlik choralariga amal qilishga chaqirgan.

Oxirgi sutkada Xitoyda 235ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Bu shu yilning 20 yanvaridan beri eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Top