11:56 / 27.12.2021
12708

Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi - «O‘zgidromet»

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘adi. 

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, harorat foni me’yordan 5-7 darajaga past bo‘ladi va 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28-29 dekabrda harorat 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, 30-31 dekabrda 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqqacha ko‘tariladi, ertaga kunduz kuni harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi, 31 dekabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Top