15:14 / 28.12.2021
3640

Isroilda koronavirusga qarshi vaksinaning to‘rtinchi dozasi bilan emlash boshlandi

Avvalroq Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlar guruhi mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning to‘rtinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qilgandi.

Foto: Reuters

Isroildagi shifoxonalardan birida koronavirusga qarshi vaksinaning to‘rtinchi dozasi bilan emlash sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Reuters.

Sinovlar Shiba tibbiyot markazida o‘tkazilmoqda. Vaksinaning to‘rtinchi dozasi bilan 150 kishi – shifokorlar emlandi. 

Avvalroq Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlar guruhi mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning to‘rtinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qilgandi.

To‘rtinchi doza bilan 60 yoshdan oshganlar va shifokorlarni emlash rejalashtirilmoqda.

Isroil hukumati taklifni qo‘llab-quvvatladi, ammo sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori hozircha bu borada yakuniy tasdiqlov bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda aholining 63 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlangan.

Mavzuga oid
Top