18:40 / 28.12.2021
3059
Kuvayt amiri mamlakat yangi hukumatini tuzish to‘g‘risida farmon chiqardi

Noyabr o‘rtalarida vazirlar mahkamasi iste’fo berganidan so‘ng Kuvayt amiri shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Sabohni yana bosh vazir etib tayinlagan va unga yangi hukumat shakllantirishni topshirgandi.

Foto: Getty Images

Kuvayt amiri shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh boshchiligidagi yangi hukumatni tuzish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda KUNA agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumot berilishicha, yangi hukumat tarkibiga 15 kishi kiritilgan.

Hukumat rahbari Kuvayt valiahd shahzodasi Mash’al al-Ahmad as-Saboh bilan uchrashgan.

Noyabr o‘rtalarida vazirlar mahkamasi iste’fo berganidan so‘ng Kuvayt amiri shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Sabohni yana bosh vazir etib tayinlagan va unga yangi hukumat shakllantirishni topshirgandi. As-Saboh 2019 yildan buyon to‘rtinchi marta Kuvayt vazirlar mahkamasiga rahbarlik qiladi.

2020 yil dekabrda mamlakatda o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, amirlikning 50 o‘rindan iborat parlamentining 60 foizi yangilangandi. 2021 yil yanvarida bosh vazir parlamentga chaqirtirilib, vazirlik lavozimlariga malakasiz shaxslarni tayinlaganlikda ayblangan. Shundan keyin hukumat bir oy ishlashga ham ulgurmasdan iste’foga chiqqan. 2 mart kuni amir farmoni bilan yangi hukumat shakllantirilgan.

Mavzuga oid
Top