07:32 / 28.12.2021
5919

O‘zbekiston 11 oyda xorijdan 500 mln dollarlik yengil avtomobillar import qildi

O‘zbekiston 11 oyda xorijdan nechta yengil avtomobil import qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan qiymati 502,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 23 155 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.

11 oyda 689 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi 7 baravardan oshgan.

Avvalroq, O‘zbekistonga avtomobillar asosan Xitoy va Koreyadan olib kelinayotgani xabar qilingandi.

Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (6 963 ta) va Koreya (5 630 ta) yetakchilik qilmoqda.

Top