21:23 / 28.12.2021
7351
Polsha Yevroittifoq belgilagan jarimani to‘lashdan bosh tortdi

Polsha shaxtada ko‘mir qazishni to‘xtatmagani uchun YeIga 200 million zlotiy (43,5 million yevro) jarima to‘lashi lozim.

“Turov” shaxtasi / Foto: ZUMA / TASS

Polsha “Turov” shaxtasi faoliyatini to‘xtatishni rad etgani uchun Yevropa ittifoqi belgilagan jarimani to‘lamaydi. Bu haqda Polsha hukumati matbuot kotibi Petr Myuller ma’lum qildi.

Polsha shaxtada ko‘mir qazishni to‘xtatmagani uchun YeIga 200 million zlotiy (43,5 million yevro) jarima to‘lashi lozim.

28 oktyabrda mamlakat adliya vaziri va bosh prokurori Zbignev Zebro Varshava Yevropa adliya sudi belgilagan jarimalarni to‘lamasligi kerakligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha “Turov” shaxtasi bo‘yicha ham, sud tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ham belgilangan jarimani to‘lashi kerak emas.

27 oktyabrda YeI sudi Varshava oliy sud intizom palatasini tugatishni rad etgani uchun Polshaga har bir sutka uchun bir million yevro miqdorida jarima belgilagandi. YeIning fikricha, ushbu organ Polsha sud hokimiyati mustaqilligiga putur yetkazmoqda.

21 sentyabrda YeI “Turov” ko‘mir shaxtasini yopishni rad etgani uchun Polshaga sutkasiga 500 ming yevrodan jarima belgilagan. Varshava shaxta faoliyati rasman to‘xtatilmagunicha belgilangan jarimani to‘lashi lozim. Bryussel shaxta Chexiyaning ekologiya tizimiga zarar keltirmoqda degan fikrda.

Top