08:23 / 28.12.2021
11899

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgda bo‘ladi.

Uchrashuv Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev qatnashadi.

Sammitda yetakchilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashadi.

Top