17:00 / 29.12.2021
6190

Ipoteka-bank baliqchilikning bu yilgi sarhisobi va 2022 yildagi istiqboli bo‘yicha ma’lumot berdi

Baliqchilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish va mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yilda sohani rivojlantirish uchun Ipoteka-bank tomonidan rejalashtirilgan chora-tadbirlar bank tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Ipoteka-bank

Ipoteka-bank baliqchilik sohasini rivojlantirishga biriktirilgan kundan buyon 3984 ta baliqchilik xo‘jaliklarining umumiy qiymati 4,0 trln so‘mlik loyihalariga 2,1 trln so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi va 7844 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Natijada Respublikada baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklari soni 2 baravarga oshib 4200 tani tashkil qildi, baliq ovlash hajmi esa 6 baravarga o‘sdi.

Baliqchilik xo‘jaliklarini intensiv texnologiyalar, sadok uskunalari, aerator va boshqa asosiy vositalari bilan ta’minlash maqsadida bankning 60 mlrd so‘mlik ustav fondi bilan “Ipoteka lizing” kompaniyasi tashkil qilindi va ushbu kompaniya xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bank tomonidan 2020-2021 yillarda intensiv usulda baliq yetishtirish maqsadida umumiy qiymati 592,4 mlrd so‘mlik jami 142 ta loyihaga 356,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Natijada 26 ming tonna intensiv usulda baliq yetishtirish quvvatlari tashkil qilindi va 1027 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Foto: Ipoteka-bank

Bank tomonidan noyob baliq (forel, losos, osyotr) turlarini intensiv usulda yetishtirish maqsadida jami 23 ta loyihaga 213,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi va mazkur loyihalar ishga tushirilishi sababli 514 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Natijada 6065 tonna noyob baliq (forel, losos, osyotr) baliq yetishtirish quvvatlari va 514 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi. Xususan:

  • 3965 tonna forel yetishtirish quvvatiga ega - 15 ta loyiha;
  • 1300 tonna osyotr yetishtirish quvvatiga ega - 6 ta loyiha;
  • 800 tonna losos yetishtirish quvvatiga ega - 2 ta loyiha.

Amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirib, 2022 yilda viloyat hokimliklari bilan birgalikda baliqchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 1,2 trln so‘mlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Buning uchun Ipoteka-bank tomonidan so‘nggi yillarda imtiyozli shartlarda jalb qilingan xorijiy mablag‘lar asosiy resurs manbai bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan:

  • Xalqaro moliya korporatsiyasining 15 mln dollari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 10 mln dollari, Jahon bankining chorvachilik loyihalari uchun 5 mln AQSh dollari, OPeK jamg‘armasining 10 mln dollari va Fransiya taraqqiyot agentligining 20 mln dollari va boshqa manbalar hisobidan baliqchilik xo‘jaliklarini loyihalari moliyalashtirib boriladi.

Sayt: ipotekabank.uz

Telegram: t.me/ipotekabankofficial

Instagram: @ipotekabank.uz

Facebook: fb.com/ipotekabankofficial

“Ipoteka-bank” ATIB Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top