12:08 / 29.12.2021
5371
O‘zbekistondagi ikkita aeroport faoliyati tuman tufayli cheklandi

Bugun, 29 dekabr kuni ertalab Namangan va Andijon aeroportlarida samolyotlar ko‘rish masofasi pasayib ketgani uchun parvoz qila olmadi va qo‘na olmadi.

Uzbekistan Airpors xabariga ko‘ra, kuchli tuman tufayli – ko‘rish masofasi 50 metrga yaqin – «Ural» aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilgan SVR2161 reysi soat 08:48 da Namanganga qo‘na olmadi va Toshkentdagi zaxira aerodromga jo‘nab ketdi.

Yana bir - HY9620 reysi ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namanganga qo‘na olmadi va Farg‘onadagi zaxira aerodromga jo‘nab ketdi.

Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan uchgan HY-622/621 reysi soat 10:45 da belgilangan aeroportga qo‘na olmay, Farg‘onadagi zaxira aerodromga jo‘natildi. 

Meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00 gacha yopiladi. Rejalashtirilgan barcha reyslar eng yaqin zaxira aerodromlarga yo‘naltiriladi. 

Mavzuga oid
Top