10:44 / 29.12.2021
11950

Toshkentda dam olish kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 28 dekabrdagi 198-sonli "Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlanishi munosabati bilan avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi

Bunga ko‘ra:

  • 2021 yil 31 dekabr - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;
  • 2022 yil 1 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40 foizga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;
  • 2022 yil 2 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
  • 2022 yil 3 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
  • 2022 yil 4 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
  • 2022 yil 8 yanvar - shanba, ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo‘yildi.
Top