13:13 / 30.12.2021
10162

Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlandi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Oliy Majlis Senati kengashining 2021 yil 28 dekabrdagi qaroriga muvofiq Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

F.Arziyev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba to‘plagan.

U 2014-2017 yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi maslahatchisi, 2017-2020 yillarda O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi elchisi bo‘lgan.

Farhod Arziyev 2020-2021 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekistonning Xitoydagi sobiq elchisi Baxtiyor Saidov 17 noyabr kuni xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

Top