17:29 / 30.12.2021
3250

Indoneziya uch yillik taqiqdan so‘ng Boeing 737 MAX samolyotlari parvoziga ruxsat berdi

2018 yil oktyabrda Lion Air, 2019 yil 11 martda Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 MAX samolyotlari halokati oqibatida 336 kishi qurbon bo‘lgan. 

Foto: Reuters

Indoneziya transport vazirligi uch yil ilgari Lion Air aviakompaniyasiga qarashli layner halokatidan so‘ng Boeing 737 MAX samolyotlari parvoziga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Lion Air aviakompaniyasi samolyoti 2018 yil 29 oktyabrda havoga ko‘tarilganidan bir oz o‘tgach qulab tushgan, 189 kishi halok bo‘lgandi.

2019 yil 11 martda esa Ethiopian Airlines kompaniyasiga qarashli xuddi shu modeldagi samolyot qulagandi. Ikkala halokat oqibatida 336 kishi qurbon bo‘lgan. 

Shundan so‘ng butun dunyoda 737 MAX samolyotlaridan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgandi.

Indoneziyaning eng yirik Garuda aviatashuvchisi o‘z parkiga 737 MAX samolyotlarini olmasligini ma’lum qilgan. 

Top