12:26 / 30.12.2021
15795
Piyoda yurgan o‘zbekistonliklarga bir yilda qariyb 4 mln dollar to‘langani ma’lum qilindi

Turizm va sport vazirligi «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi foydalanuvchilari soni va ularga shu kungacha qancha mablag‘ to‘langani haqida ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, www.1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan va 18 yoshdan katta bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 1 million 200 mingdan oshgan. Platforma foydalanuvchilari soni 1 million 209 ming 77 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari esa ayollardir.

Vazirlikka ko‘ra, platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming so‘m (taxminan 4 million dollar) miqdorida mablag‘lar to‘lab berilgan.

Avvalroq, Turizm va sport vazirligi «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi faoliyati to‘xtalganini ma’lum qilgan, biroq ko‘p o‘tmay o‘z rasmiy axborotiga o‘zi raddiya bergandi. 2021 yil davomida platforma faoliyatida ko‘plab muammolar kuzatilgani aholi e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top