11:04 / 30.12.2021
1873

Termizda PPX xodimlarining sezgirligi tufayli katta yong‘inning oldi olindi

Termiz shahrida PPX xodimlarining sezgirligi tufayli xonadonlardan birida sodir bo‘layotgan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 28 dekabr kuni soat 4:30 larda 406-avtopatrul xodimlari Termiz shahri, Do‘stlik mahallasi Taraqqiyot ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotganida 4/2 uyda yong‘in sodir bo‘layotganini ko‘rib qolishgan.

So‘ng zudlik bilan shahar FVB yong‘inga qarshi kurash bo‘linmasiga qo‘ng‘iroq qilishgan hamda o‘zlari xonadon egalarini uyg‘otib ularni tashqariga olib chiqishgan. Bundan tashqari, FVB xodimlariga yong‘inni bartaraf etishda yordamlashishgan.

Top