12:09 / 01.01.2022
15103

NASA Yerga ikki gigant asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Yanvar oyida bu koinot jismlari Yer kurrasiga «juda yaqin» kelishadi. Ulardan biri, NASA 2013 YD48 deb atalganining eni 104 metrcha keladi, bu esa Britaniyadagi mashhur Big Bendan ham kattaroq. NASA uni «potensial xavfli obekt» deb sinflagan.

Foto: Nick HAGUE / NASA / AFP

Britaniyaning Sun gazetasiga ko‘ra, 11 yanvar kuni Yerdan 5,6 mln kilometr masofada uchib o‘tadi. Bu astronomik nuqtayi nazarga ko‘ra, nisbatan yaqin masofa hisoblanadi.

18 yanvar kuni esa AQShdagi Empayr-steyt-bildingdan ikki barobar keladigan 7482 (1994 PC1) asteroidi sayyoramiz yaqinidan uchib o‘tadi. U 0,013 astronomik birlik masofasidan o‘tadi, bu esa NASAning Yerga yaqin obektlarni o‘rganish markazi ma’lumotlariga ko‘ra «juda yaqinlashuv» hisoblanadi. Aeronavtika bo‘yicha boshqarma Yerdan 193 mln kilometr masofadan o‘tuvchi barcha jismlarni «Yerga yaqinlashayotgan obekt» sifatida qarab chiqadi.

NASA yaqin kunlar ichida hajmlari kichikroq bo‘lgan yana uchta asteroidni kuzatadi. Ertaga sayyoramiz yaqinidan o‘lchami 12 metr bo‘lgan 2021 YK asteroidi, 6 yanvar kuni 7 metrli 2014 YE15, 7 yanvar kuni esa o‘lchami bor-yo‘g‘i 4 metr bo‘lgan 2020 AP1 uchib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top