13:08 / 03.01.2022
4335
Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qildi. 

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 3 yanvar soat 08:00dan 4 yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 3 yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq, Bo‘stonliqning tog‘ yo‘llarida bir necha kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgani xabar qilingandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Amirsoy, Chorvoq, Chimyonga boradigan yo‘lda uzun tirbandliklar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolarda dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘l yopilib, bir necha kilometrlik tirbandliklar yuzaga kelgani aytilgan va haydovchilarga u yerga bormaslik maslahat berilgan.

Mavzuga oid
Top