14:43 / 03.01.2022
8983
Germaniyaning yangi kansleri Putin bilan uchrashmoqchi – OAV

Ta’kidlanishicha, kanslerning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yyens Plyotner ikki haftadan buyon Germaniya hukumati rahbari va Rossiya yetakchisi o‘rtasida yanvarda uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Foto: AFP/Getty Images

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya bilan munosabatlar o‘rnatishni muhim omil deb hisoblamoqda va bu masalani o‘z nazoratiga olmoqchi. Bild gazetasi o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Shols yanvardayoq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi.

Shols Moskva bilan munosabatlarda "yangi ibtido"ga intilmoqda, deyiladi maqolada. Jumladan, bu gaz va Ukraina masalalariga taalluqli, deb yozadi gazeta.

Ta’kidlanishicha, kanslerning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yyens Plyotner ikki haftadan buyon Germaniya hukumati rahbari va Rossiya yetakchisi o‘rtasida yanvarda uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Olaf Shols dekabr boshlarida Germaniya kansleri lavozimida ish boshladi. U 16 yil davomida hukumatni boshqarib kelgan Angela Merkelning o‘rnini egalladi.

Top