10:49 / 03.01.2022
4972
O‘zbekiston aeroportlarida tuman tufayli qator parvozlar kechiktirildi

Bugun, 3 yanvar kuni tungi vaqtda samolyotlar ko‘rish masofasi pasayib ketgani tufayli Urganch va Nukus aeroportlaridan parvoz qila olmadi va qo‘na olmadi.

Foto: Uzbekistan Airpors

Uzbekistan Airpors xabariga ko‘ra, Urganch aeroportida quyuq tuman sababli ko‘rish masofasi 200 metrga tushib ketgan. Natijada, Moskvadan parvoz qilishi lozim bo‘lgan, «Aeroflot» aviakompaniyasining AFL1976 reysi Sheremetevo aeroportidan soat 03:25 da uchib keta olmadi.

Yana ikkita reys bilan ham xuddi shunday vaziyat kuzatildi: «S7 Airlines» aviakompaniyasining SBI6481 Samara - Urganch reysi soat 04:35 da, «Ural» aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan SVR2473 reysi soat 03:30 da parvoz qilishi kerak edi, ammo reyslar kechiktirildi.

Ayni damda samolyotlar Urganchda ob-havo yaxshilangunga qadar jo‘nab ketuvchi aeroportlarda turibdi. 

Quyuq tuman, ko‘rish masofasi 200 metrga tushib ketishi tufayli Nukus aeroporti faoliyati ham cheklandi. UzAirways’ning HY15/16 va HY11/12 reyslari Toshkentda parvozga ruxsat berilishini kutmoqda. Soat 11:30 da havoga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan Nukus-Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha HY9727/9728 reysi ham kechiktirildi.

Mavzuga oid
Top