12:28 / 03.01.2022
34018
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

Bugun respublika hududining katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni me’yordan 4-5 darajaga yuqori bo‘ladi va 11-16 daraja iliqni tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda qor yog‘ishi kuzatiladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3-4 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 

Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.

3-4 yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.

Mavzuga oid
Top