11:37 / 03.01.2022
4594

Xorazm viloyati, shahar va tuman hokimlari 15 yanvargacha ta’tilga chiqdi

Xorazm viloyati, shuningdek, barcha shahar va tuman hokimlari 15 yanvargacha ta’tilga chiqarildi. Ularning vazifasini vaqtincha bajaruvchilar tayinlandi.

Foto: Kun.uz

Jumladan,

- Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Igambergenov Qudratbek Qadambayevich zimmasiga;

- Urganch shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Eshchanov Jahongir Saparbayevich zimmasiga;

- Xiva shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Babayev Xamidjon Atabayevich zimmasiga;

- Bog‘ot tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Sanjarbek Rustamovich zimmasiga;

- Gurlan tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich zimmasiga;

- Qo‘shko‘pir tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i O‘razmetov Sanjarbek Sultannazirovich zimmasiga;

- Urganch tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xujayev Alisher Allaberganovich zimmasiga;

- Hazorasp tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Ollakuliyev Zafar Baxromovich zimmasiga;

- Xiva tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Meyliyev Sanjarbek Tangribergonovich zimmasiga;

- Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekchanov Siroj Bozor o‘g‘li zimmasiga;

- Shovot tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish majburiyati tuman
hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Yakubov Azamat Pirnofosovich zimmasiga;

- Yangiariq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Saidov Omanboy G‘oibnazarovich zimmasiga;

- Yangibozor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Xalmetov Jaxongir Baxadirovich zimmasiga;

- Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining Tuproqqal’a hududi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdirimov Otabek Madrimovich zimmasiga yuklatildi.

Mavzuga oid
Top