11:17 / 04.01.2022
6214

Foto: Qamchiq dovoni yo‘llari qordan tozalanmoqda

Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 228–250-kilometrlari oralig‘ida vaqti-vaqti bilan qor yog‘moqda.

Foto: Qamchiqavtoyo‘l

«Qamchiqavtoyo‘l» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dovonda transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash uchun maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

IIV YHXBB barcha haydovchilarni oraliq masofani saqlagan holda, tezlik me’yorini oshirmasdan, texnik soz transportda va qoidalarga rioya qilib harakatlanishga chaqirdi.

Respublika Gidrometeorologiya markazi 4 yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turishi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkinligini, ba’zi joylarga tuman tushishini ma’lum qilgan. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top