O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2021 yil yanvar-noyabr holati bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda – 6,7 mlrd, eksport – 2,3 mlrd, import 4,4 mlrd AQSh dollari.
Keyingi o‘rinlardan Rossiya (6,6 mlrd, eksport – 1,9 mlrd, import 4,7 mlrd AQSh dollari) va Qozog‘iston joy oldi (3,5 mlrd, eksport – 1,0 mlrd, import 2,5 mlrd AQSh dollari).
Shuningdek, tashqi savdoda eng yuqori o‘rinni egallagan qolgan davlatlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 3,0 mlrd, eksport – 1,5 mlrd, import 1,5 mlrd AQSh dollari;
- Koreya – 1,7 mlrd, eksport – 46 mln, import 1,6 mlrd AQSh dollari;
- Qirg‘iziston – 852,5 mln, eksport – 710,9 mln, import 141,6 mln AQSh dollari;
- Germaniya – 675,4 mln, eksport – 60,8 mln, import 614,6 mln AQSh dollari;
- Turkmaniston – 626,1 mln, eksport – 175,5 mln, import 450,6 mln AQSh dollari;
- Ukraina – 622,5 mln, eksport – 202,6 mln, import 419,9 mln AQSh dollari;
- Afg‘oniston – 576,7 mln, eksport – 573,2 mln, import 3,5 mln AQSh dollari.
Avvalroq, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibi ma’lum qilingandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 15,5 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, import 22,4 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.