15:02 / 05.01.2022
6867

Eronda suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishi qurbon bo‘ldi

Yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi, infratuzilmaga zarar yetkazgan.

Foto: Mehr News Agency

Eronda tinimsiz yomg‘irlar oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi. Tabiiy ofat sakkiz kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi The Watchers.

"Sakkiz kishi halok bo‘lgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda", - dedi Eron milliy qutqaruv xizmati vakili Mujtabo Xolidiy.

Xolidiyning qo‘shimcha qilishicha, 500dan ortiq qutqaruvchilar jabrlangan hududlardagi odamlarga yordam ko‘rsatgan.

Yog‘ingarchilik qishloq xo‘jaligi, infratuzilmaga zarar yetkazgan.

Eron Qizil yarimoy jamiyati uch mingdan ortiq insonga tezkor boshpana taqdim etgan.

Yog‘ingarchiliklar ushbu hafta oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top