07:48 / 05.01.2022
8510
O‘zbekiston benzin importini oshirdi

Benzin importi 112 mln litrga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Stock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 115,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. 

Qayd etilishicha, avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:

  • Rossiya – 145,3 mln litr; 
  • Turkmaniston – 141,2 mln litr;    
  • Qozog‘iston – 16 mln litr; 
  • Iroq – 3,6 mln litr; 
  • Eron – 1,8 mln litr.

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Top