22:15 / 05.01.2022
6246
Uzbekistan Airways Olmaota va Aqto‘bega reyslarni bekor qildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Qozog‘istonning Olmaota va Aqto‘be shaharlariga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

«2022 yil 6 yanvarga mo‘ljallangan HY9729/9730 Nukus-Aqto‘be-Nukus va HY763/764 Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlari aeroportlarning texnik sabablariga ko‘ra bekor qilindi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi ma’lumot qo‘shimcha e’lon qilinadi.

Yo‘lovchilar 6 yanvar kuni Olmaota va Aqto‘bega bekor bo‘lgan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», deyiladi xabarda.

Oldinroq Uzbekistan Airways Aqtauga parvozlar bekor qilingani to‘g‘risida ma’lumot bergandi.

Mavzu
Qozog‘istonda gaz namoyishlari
2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida suyultirilgan gaz narxi ikki baravarga ko‘tarilganidan norozi bo‘lgan qozog‘istonliklar ommaviy mitingga chiqishdi va keyingi kunlarda namoyishlar butun mamlakat bo‘ylab yoyildi.
Barchasi
Top