08:14 / 06.01.2022
7015

Toshkentda tungi drift uyushtirgan «Mercedes» haydovchisi javobgarlikka tortildi

2022 yil 2 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Mercedes Benz E 200» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan holda drift qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ushbu holat 2022 yil 1 yanvar kuni taxminan soat 02:10 larda Chilonzor tumanida 35 yoshli B.L. tomonidan, «Mercedes Benz E 200» rusumli avtomobilda sodir etilgan. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan B.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirildi.

«Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. O‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang», deyiladi ma’lumotda.

Top