10:45 / 06.01.2022
2024
Urgutda fuqaro qo‘shnisini bolta bilan chopib o‘ldirdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida fuqaro qo‘shnisini bolta bilan chopib o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 31 dekabr kuni Urgut tumani Dehqonobod mahallasida joylashgan “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. oldindan o‘rtalarida bo‘lgan kelishmovchilik sababli qo‘shnisining bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, og‘ir tan jarohatlari olgan jabrlanuvchi 3 yanvar kuni vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Top